Главная » 2014 » Июнь » 28 » Foydali maslahatlar OZISH UCHUN OLMA SIRKASI!
18:50
Foydali maslahatlar OZISH UCHUN OLMA SIRKASI!

Foydali maslahatlar OZISH UCHUN OLMA SIRKASI!

Olma - sog'liq uchun foydali va qimmatli bo'lgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. U organizmni shlaklardan ozod qilib, ozishda yaxshi samara beradi. Ozish yo'lida ommabop tusni egallagan mahsulotlardan biri bu - olma sirkasi sanaladi.

Olma sirkasi nima? U nimadan tarkib topgan?

Olma sirkasi - bijish jarayonidan o'tgan olma sokidir. Maydalangan olmalarning ustiga suv quyiladi va shakar solinadi, bijish jarayoni boshlanadi, uning natijasida esa sirka kislotasi ishlab chiqarila boshlaydi. Bijish jarayoni nihoyasiga etganidan so'ng, masalliq tindirib olinadi va idishlarga, qopqog'i mustahkam ravishda berkilgan holatda solib saqlanadi. Olma sirkasi qator foydali xususiyatlarga, jumladan mikroelementlarga boydir, bulardan: kaliy, kal'siy, natriy, fosfor, kremniy, magniy, temir, oltingugurt, xlor, mis, shuningdek A, B1, B2, B6, S, E vitaminlari va sut, limon, shavel' va olma kislotalari hamda pektinga egadir.

Olma sirkasidan tashqi vosita tariqasida uzoq vaqtdan buyon foydalanilib kelingan. Lekin ushbu mahsulotni ichki vosita sifatida foydalanishni amerikalik tadqiqotchi D.S.Jarvis boshlagan. U inson organizmi uchun olma sirkasi, asalari mahsulotlari va sof asalning foydali ta'sirlari borasida fikrlarni bildirgan.

Olma sirkasi yordamida ozish uchun qanday to'g'ri foydalanish borasida

Ahamiyatli bo'lmagan miqdorda olma sirkasini qabul qilish ishtahaning bo'g'ilishiga olib keladi, moddalar almashinuvini yaxshilanishiga va yog'larning parchalanishiga olib keladi. Sirkani qabul qilish jarayonida ko'pchilikning fikriga qaraganda, shirinlikka bo'lgan talab va ehtiyoj yo'qoladi. Dastlabki ko'zga ko'ringan natijalar, qabul boshlangan davrdan boshlab, taxminan 2-3-oylardagina ko'rinishni boshlaydi. Tez vazn tashlashni istagan xohlovchilar uchun ushbu vosita to'g'ri kelmaydi. Amaliyotda foydalanganlarning aytishicha, buning uchun bir oz muddat va sabr talab etiladi.

MUHIM AXBOROT: sirka faqat tabiiy bo'lishi lozim, do'kon rastalarida sotiladigan "olma sirkasi", oddiy oshxona sirkasi bo'lishi va unga faqat olma essensiyasi qo'shilgan bo'lishi haqida sizni ogoh etishni zarur topdik. Bundan tashqari "olma sirkasi" yozuvi ostida xarid etilayogan mahsulot orqali sog'ligingizga jiddiy ziyon keltirib qo'yishingiz mumkin. Ushbu mahsulotni o'zingiz mustaqil tayyorlashingiz mumkin.

Sirkani 1:25 ko'rinishida suv bilan rostlashingiz zarur. Ya'ni 10 ml. sirkaga (2 osh qoshiq) bir stakan suv qo'shiladi (250 ml). Ichimlik yoqimli mazaga ega bo'lishi uchun unga bir choy qoshiq asal qo'shishingiz mumkin.

Tayyor bo'lgan ichimlikni (ya'ni ko'rsatilgan miqdorda rostlab olingan) kokteyl' uchun mo'ljallangan solominka yordamida ichish lozim. Chunki sirkada mavjud bo'lgan kislotalar tishlar emaliga ziyon yetkazishi mumkin, suyuqlikni ichib bo'lgandan so'ng esa og'iz bo'shlig'ini suv bilan chayib tashlash tavsiya etiladi.

Umumiy holatni yaxshilash va hayotiy xushchaqchaqlikni oshirish uchun bunday suyuqlikni kuniga bir marotaba ichish kifoyadir. Ozish uchun esa, har ovqatlangandan so'ng amalga oshirish tavsiya etiladi (ertalab, tushlikda va kechki ovqatlanishdan so'ng).

Olma sirkasini qabul qilish mumkin bo'lmagan holatlar
Sirkali suv aralashmasi yuqori kislotalikka ega bo'lib, uni mutlaqo sog'lom, ayniqsa oshqozon-ichak yo'llarida hech qanday muammo mavjud bo'lmagan insonlar iste'mol qilishlari lozim (gastrit, yuqori kislotalik, oshqozon yarasi kasalligi, surunkali va o'tkir gepatit kasalliklariga man etiladi).

Hozirgi kunda olma sirkasi ozish yo'lida eng oddiy va qulay vositalardan biri hisoblanadi. Ko'pchilik ushbu usul orqali ozgan bo'lsa, ayrimlar esa uni noto'g'ri foydalanganligi tufayli o'z sog'liqlariga ziyon yetkazganliklari belgilangan. Shu sababli, har bir muolajani boshlashdan avval shifokordan maslahat olish, shu bilan birga uni tayyorlashda ko'rsatmaga to'liq rioya qilish lozim.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra 80% aholi oshqozon-ichak kasalliklariga egadirlar, shu sababli shu sohada muammo, buzilish va asoratlarga ega bo'lmaslik uchun bunday ichimlik iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi. Olma sirkasidan foydalanishga botina olmayotganlar yoki yuqorida keltirib o'tilgan muammolar mavjud bo'lsa, barcha maslahatlarga rioya qilishlari, faqat sirkadan foydalanmagan holda, ya'ni uch mahal, uch stakan bir choy qoshiq asal suv solingan ichimlikni ichish tavsiya etiladi. Ushbu muolajaning foydasi, ayniqsa unga chin dildan ishonishingiz, uning samarasining yanada ortishiga shubha qolmaydi.

Olma sirkasi teri tortmalari (rastyajka) va sellyulitdan samarali tashqi vosita hisoblanadi. Ushbu muolaja davomida suv va sirkaning (30 ml. sirkaga 250 ml. suv) aralashmasidan foydalanib massaj qilinadi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng esa, teringiz silliq, shoyisimon bo'lib qolganligini, sellyulit va teri tortmalarining kamayganligiga ishonch hosil qilasiz.

Uy sharoitida olma sirkasini tayyorlash usuli:

1 kg olma, istagan navdagi olmalar (pishib ketgan, xomroq ko'rinishdagi) olinib, o'rtasini tozalab olasiz, so'ng maydalab to'g'rab olasiz, ustiga suv quyasiz (1,25 l), suvning issiqligi taxminan 70 gradus bo'lishi lozim (ya'ni bu oxirigacha qaynamagan suvning issiqlik darajasidir). So'ng asal yoki shakar solasiz. Agarda olmalar shirin bo'lsa 50g. shirinlikni soling, agarda olmalar nordon bo'lsa, u holda asal yoki shakarni 100 g. miqdorda soling. Bijish jarayoni boshlanishi uchun 10g. drojji yoki 20 g. javdar suxariklaridan solish lozim.

Birinchi 10 kunlikda aralashmani kuniga 2-3 marotaba aralashtirib turish lozim. Suyuqlik xona haroratida saqlanadi. So'ng aralashmani doka yordamida suvini, quyuq masalliqdan ajratib olinadi. So'ng og'zi katta idishga quyib, ustiga doka tashlab qo'yiladi va iliq haroratli xonaga qo'yiladi. Jarayon bir - ikki oy davomida yakunlanadi. Aralashma bijigandan so'ng, sirkaga aylangandan keyin uni tindirib, ajratib olinadi, shisha idishlarga quyib, zich yopilgan holatda muzlatgichda saqlanadi.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Фойдали Маслахатлар | Просмотров: 21629 | Добавил: ♦αđмιη♦ | Рейтинг: 4.5/2
Всего комментариев: 0
)?>
avatar Профиль Выйти
Вы относитесь к группе пользователей, которым запрещено совершать данное действие.
avatar
Вход на сайт
Мини-чат
Для добавления необходима авторизация
Наш опрос
Оцените наш сайт
Всего ответов: 1285
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0