Главная » 2014 » Август » 17 » "SaMRaS" guruhi muxlislari uchun !!!
00:14
"SaMRaS" guruhi muxlislari uchun !!!


"SaMRaS" guruhi muxlislari uchun !!!

SaMRaS guruhi ikki kishidan iborat bo'lib, 2005 yilda tashkil topgan.
 SaMRaS so'zi qadimgi yunon tilidan olingan bo'lib "Birinchi" degan ma'noni anglatadi. Guruh a'zolari Suhrob Rahimov va Sardor Magdiev.

 Ular Toshkent Axborot Telekommunikatsiya Universitetida o'qib yurgan kezlaridayoq guruh tuzishga qaror qildilar. Suhrob Rahimovning bastakorlar oilasida katta bo'lgani va Sardor Magdievning yoshligidagi orzusi bu duetning tashkil topishiga turtki bo'ldi.

 Guruhning ilk "Dardli yurak" qo'shig'ini Rustam To'lashev bastalagan bo'lib, qo'shiq 2005 yilning sentyabr oyida radio to'lqinlarda yangray boshladi. So'ng 2006 yilda "Tez tez" taronasi keng ommaga havola etildi.

 2007 yilda ular Greg va Tigran Gasparyan bilan hamkorlikda ishlay boshladilar. Greg o'zining noan'anaviy qo'shiqlar yaratish va kuylash bilan guruh a'zolari e'tiborini jalb etdi. Ular birgalikda "Ketsang ketaver", "Harakatlar oddiy" qo'shiqlarini yaratdilar. Aziza Halilova bilan duet tarzida kuylangan "Harakatlar oddiy" qo'shig'iga klip ham suratga olingan.

 SaMRaS guruhi 2009 yilda Tigran Gasparyan tomonidan yozilgan "Seni sevaman", "Yoningda', "Yo'q, yo'q" taronalarini Greg bilan birgalikda kuyladilar.

 2010 yilning avgust oyida "Tarona rekords" kompaniyasi bilan shartnoma tuzdilar. Shundan so'ng, SaMRaS guruhining hamkorlari safiga bastakor-aranjirovkachi Robert Mirzoyan ham qo'shildi. Ular o'z uslubini o'zgartirib "House" yo'nalishida kuylay boshladilar. Ushbu yo'nalishda yaratilgan "Keraksan" qo'shig'i va videoklipi yurtimizning barcha radio to'lqinlari hamda TV Markaz kanalining hit paradlarida yuqori pog'onalarni egalladi.

 Yilning yakunida yaratilgan "Aytolmadim" va 2011 yilning ilk "Darbadar" taronalari radio to'lqinlarda, birin ketin yangradi. Guruh ushbu taronalarga noan'anaviy tarzda videoklip suratga tushurishni rejalashtirdilar.

 SaMRaS guruhi navbatdagi "Dona dona" nomli qo'shig'i ham keng ommaga havola etildi. Ushbu qo'shiq uchun suratga olingan videoklip SaMRaS guruhinig ilk rejissorlik ishi hisoblanadi.

 Guruh ishtirokchilari doimiy tarzda bilimlarini aktyorlik mahorati va dizaynerlik saboqlari bilan yangilab turadilar. Har fotojamlanma va har suratga olish ishlarini oldindan rejalishtirib yangi ko'rinishlarni yaratib kelishmoqda.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Шоу-Бизнес | Просмотров: 911 | Добавил: ♦αđмιη♦ | Теги: SaMRaS guruhi muxlislari uchun !!! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
)?>
avatar Профиль Выйти
Вы относитесь к группе пользователей, которым запрещено совершать данное действие.
avatar
Вход на сайт
Мини-чат
Для добавления необходима авторизация
Наш опрос
Оцените наш сайт
Всего ответов: 1283
Статистика

Онлайн всего: 72
Гостей: 72
Пользователей: 0